23 noy 07:43
Yangiliklar
Iroda namoyish etgan Medvedev Yakuniy ATR turniri g'olibi bo'ldi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning to'rtinchi raketkasi bo'lib turgan rossiyalik Daniil Medvedev reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida turgan avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqdi va irodali g'alabaga erishdi - 4/6, 7/6(2), 6/4.
Ikki soatu 42 daqiqa davom etgan bahsda 24 yoshli Daniil 12 ta, 27 yashar Tim esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Rossiyalik tennischi o'zaro uchrashuvlardagi hisobni qisqartirishga ham muvaffaq bo'ldi - 2:3.
Nitto ATP Finals turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Medvedega $1,564,000 mukofot puli hamda 1500 reyting ochkosini taqdim etdi. Bu uning faoliyatidagi to'qqizinchi sovrin bo'ldi. Daniil 2009 yildan buyon Yakuniy turnirda g'olib chiqqan ilk rossiyalikka aylandi. O'n bir yil oldin Nikolay Davidenko ushbu vazifani uddalagandi.
Fikrlar