20 may 19:34
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/12964_220.jpg)
“Islom birdamlik o'yinlari”. Tennischilarimiz juftlikda finalga chiqishdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o'yinlari”ning navbatdagi kuni ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Tennis musobaqasining ayollar o'rtasidagi juftlik bahslarida yarim final uchrashuvlari o'tkazildi. Sabina SHaripova va Polina Merenkovadan iborat juftligimiz final chiptasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz yarim final bahsida turkmanistonlik Preno / Bayramova hamkorligini 6:4, 6:2 hisobida mag'lub etishdi. Ularning final o'yinidagi raqibalari turkiyalik tennischilar CHengiz va Aysu Ayla bo'ladi.
Malumot uchun, hozircha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi hisobida 59 ta medal bor. SHulardan 14 tasi oltin, 15 tasi kumush, 30 tasi bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida Ozarbayjon, Turkiya va Erondan so'ng 4-o'rinni egallab turibmiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar