22 noy 10:10
Yangiliklar
![](/upload/storage/6032_220.jpg)
Ismoilov “Astana CHellenjer”idagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida bir yo'la to'rt nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti. Ulardan birinchi bo'lib Temur Ismoilov kortga chiqdi.
Hamyurtimiz qozog'istonlik Timur Xabibulinni 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etib, ikkinchi davraga yo'l oldi. Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham o'z uchrashuvini o'tkazadi.
Musobaqada ikkinchi raqam ostida harakat qiladigan Denisning raqibi chexiyalik Robin SHtanek bo'ladi. Istomin juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilgan.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan bo'lib, bugun birinchi bosqichda germaniyalik Daniel Masurga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar