08 may 10:20
Yangiliklar

Ismoilov - Fayziev. Bugun “Qarshi CHellenjeri”da o'zbek derbisi
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada dunyoning ko'zga ko'ringan tennischilari ishtirok etishyapti. Ukrainalik Sergey Staxovskiy turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Saralash bahslarida ishtirok etgan barcha hamyurtlarimiz mag'lubiyatga uchrashdi. Asosiy to'rda esa tennischilarimizdan Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Farrux Do'stov hamda Jo'rabek Karimov imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etishadi.
Etiborlisi, bugun o'ziga xos o'zbek derbisida Ismoilov va Fayziev o'zaro uchrashuvda munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi. Jo'rabek birinchi davrada chexiyalik Marek Yalovic bilan, Farrux esa hindistonlik Narayanasvamiga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilgi turnirning finalida serbiyalik Marko Tepavac isroillik Dudi Selani 2:6, 6:3, 7:6(4) hisobida mag'lub etib, bosh mukofot sohibiga aylangan edi.
Fikrlar