19 dek 09:35
Yangiliklar
Tennis

Ismoilov yana Tailanddagi turnirda, ilk raqib koreyalik
Bugun Tailandning Xuaxin shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi “Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 10 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mazkur turnirda hamyurtimiz Temur Ismoilov ham ishtirok etadi.
Bu yil reytingda yaxshigina ko'tarilishga erishgan terma jamoamiz azosi Xuaxin turnirining beshinchi raketkasi sifatida harakat qiladi. U ilk davrada koreyalik Ji Mun Liga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar