18 fev 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimov Ortis bilan jangdan oldingi motivaciyasi haqida gapirdi
Super yarim o'rta vazn toifasida WBA sobiq chempioni, o'zbekistonlik prof bokschi Isroil Madrimov Verjil Ortisga qarshi jangda uni nima ruhlantirishini aytdi.
WBC Interim kamari uchun kechadigan bellashuv 22 fevral kuni Ar-Riyodda o'tkaziladi.
"Meni motivaciyam — bu oilam, mamlakatim va muxlislarim. Bizning mamlakatdagi muxlislar juda emocional. Ular faqat g'alaba kutishadi. Har doim "olg'a chempion", deya qo'llab turishadi. SHuning uchun ham muxlislar mening motivaciyam", dedi Madrimov boxingsocial nashri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar