09 sen 07:59
Yangiliklar
Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo'lgani haqida xabarlar tarqaldi
Hamyurtimiz 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan Usik-Fyuri II oqshomida ringga ko'tarilishi mumkin. Unga o'sha turnirda ukrainalik Sergey Bogachuk raqib bo'ladi. Ayni paytda tomonlar jang bo'yicha muzokaralarga kirishgani malum qilindi.
Bu haqida boks insayderi Fernando Sabatini o'zining Tvitterdagi sahifasi orqali xabar bermoqda.
Avvalroq, Turki Al al-shayxning ham yurtdoshimizning Ar-Riyoddagi oqshom doirasida jang qilishini xohlayotgani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, Madrimov (10-1-1) o'zining so'nggi jangini 4 avgust kuni amerikalik Terens Kroufordga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi. Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa o'zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar