16 jan 13:40
Yangiliklar
Tennis

Istomin 13 yildan so'ng ilk marotaba Australian Open'da ishtirok etmaydi
20 yanvar kuni yilning ilk "Ulkan toj" musobaqasi "Australian Open" boshlanadi.
Afsuski, bu safar musobaqada O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ishtirok etmaydi. Hamyurtimiz 2006 yildan buyon uzluksiz tarzda ushbu musobaqada ishtirok etib kelayotgandi.
Istominning mazkur turnirdagi eng yaxshi ishtiroki 2017 yilga to'g'ri keladi. O'shanda Denis serbiyalik Novak Jokovichni ham mag'lubiyatga uchratib, to'rtinchi bosqichgacha etib borgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar