09 iyu 23:29
Yangiliklar
Tennis
Istomin AQSHda 5 ta o'yindan buyon qila olmayotgan ishini amalga oshirdi
AQSHning Uinnetka shahrida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasida mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa o'tkazilmoqda.
Bellashuvlarga to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan qo'shilgan hamyurtimiz Denis Istomin bugun tunislik Aziz Dugaz (576)ga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 47 daqiqa davom etgan o'yinda Denis raqibini 6:3, 3:6, 6:3 hisoblarida mag'lub etdi.
Endi u 1/8 finalda mezbon tennischi Kollin Altamiranoga (268) qarshi o'yin o'tkazadi.
Qayd etish lozimki, Istomin 5 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayotgandi. U so'nggi marotaba 5 iyun kuni Almatidagi "CHellenjer"da rossiyalik A.Jurbinni mag'lub etgandi. Istomin so'nggi 15 ta o'yindan bor-yo'g'i uchta o'yinda g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar