21 fev 00:31
Yangiliklar
Tennis

Istomin AQSHdagi turnirda ikkinchi davra o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Delrey Bichdagi musobaqada ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Hamyurtimiz turnirning ikkinchi davrasida franciyalik Adrian Mannarinoga qarshi o'yin o'tkazdi. Afsuski, 80 daqiqa davom etgan uchrashuvda Mannarino tennischimizni 6:2, 7:6(3) hisobida mag'lub etdi.
Etiborlisi, Denis ikkinchi setning sakkizinchi geymidan so'ng hisob 5:3 ko'rinishiga kelgan bir pallada bu imkoniyatdan foydalana olmadi. O'sha paytda Istomin o'z geymini boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun Istomin ayni paytda jahon reytingida 102, Mannarino esa 51-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar