30 iyu 16:09
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/2063_220.jpg)
Istomin Astana turnirining yarim finalida to'xtatildi
Qozog'istonning Astana shahrida sovrin jamg'armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Hozirgina turnirda ikkinchi raqam sifatida tasniflangan hamyurtimiz Denis Istomin yarim finalda mag'lubiyatga uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi bahs uch set davom etdi.
Yomg'ir yoqqanligi sababli bir necha soatga surilgan uchrashuvda Istomin 3:6, 6:4, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi. 31 yoshli Kravchuk dunyo reytingida 103, 29 yoshli Istomin esa 101-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar