24 noy 13:05
Yangiliklar
Tennis

Istomin Astanadagi turnirning yarim finaliga chiqdi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir davom etmoqda.
Hozirgina Astana Challenger “Capital Cup” turnirining ikkinchi raketkasi bo'lgan Denis Istomin chorak final uchrashuvini o'tkazdi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi serbiyalik Nikola Miloshevichga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 142, Miloshevich esa 209-o'rinni egallab turibdi. Birinchi set 6:2 hisobida Istomin foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda esa Nikola jarohati sabab kortga chiqmadi.
SHu tariqa, hamyurtimiz deyarli qiyinchiliksiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar