21 okt 16:07
Yangiliklar
Tennis

Istomin Bazeldagi turnirda. U bugun kortga chiqadi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin kelayotgan haftada SHveycariyaning Bazel shahrida bo'lib o'tadigan turnirda ishtirok etadi.
Sportchimiz turnirni saralash bosqichidan boshlaydigan bo'ldi. U saralash bosqichida birinchi raqamli tennischi sifatida saralangan. Denisga ilk o'yinda ispaniyalik Marsel Granolers raqiblik qiladi. Ushbu o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Malumot uchun, Istomin bungacha Granolers bilan bir marotaba to'qnash kelgan. 2012 yil Istburndagi turnirda sportchimiz raqibini 6:1, 4:6, 7:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgan. Denis yakunda o'sha turnir g'olibiga aylangani tennis ishqibozlari yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak.
Ushbu o'yin g'olibi keyingi bosqichda Oge hamda Benetto bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar