03 fev 10:24
Yangiliklar
Tennis
Istomin Bolgariyadagi turnirda, uning ilk raqibi malum
Ertaga Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turnirining asosiy to'r bahslari start oladi.
Ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etadi. Sofia Open turnirining mukofot jamg'armasi 586 140 evroni tashkil qiladi. CHempion tennischi 90 390 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Qura natijasiga ko'ra, Denis Istomin ilk davrada italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi kortga chiqadi. Bu ikki tennischi o'rtasidagi uchrashuv g'olibini ikkinchi davrada turnirning birinchi raketkasi Karen Xachanov kutib turibdi. Rossiyalik tennischi to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davradan bahslarga qo'shiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar