10 noy 10:35
Yangiliklar
Tennis

Istomin Bratislava turniri juftligida yarim finalga chiqdi
Xabar berganimizdek, mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 85 ming evroni tashkil etuvchi ushbu “CHellenjer” turkumidagi turnirning ham yakkalik, ham juftlik bahslarida imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilgan tennischimiz turnirning yarim finaliga yo'l oldi. Istomin va Elgin chorak finalda slovakiyalik Norbert Gombos va chexiyalik Yan Satral hamkorligini 3:6, 6:3, tay-brekda 10:4 hisobida mag'lub etishdi.
Malumot uchun, Istomin va Elgin ilk davrada turnirning birinchi raqamli juftligi, gollandiyalik tennischilar – Uesli Kulxof hamda Matve Middelkupni 7:6(4), 6:2 hisobida engishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar