10 noy 09:10
Yangiliklar
Tennis

Istomin Bratislavadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 85 ming evroni tashkil etuvchi ushbu “CHellenjer” turkumidagi turnirning ham yakkalik, ham juftliklar bahslarida ishtirok etyapti.
Istomin yakkalik bahslarining ilk davrasida asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan slovakiyalik Tomas Liskani 7:6(3), 6:1 hisobida mag'lub etdi. Bugun Denis chorak final chiptasi uchun ukrainalik Sergey Staxovskiyga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar