05 jan 14:14
Yangiliklar

Istomin Brisbendagi turnirda necha ochko va qancha mukofot puli ishlab oldi?
Umumiy mukofot jamg'armasi 468 910 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ATP-250 turnirida tennischimiz ikkita o'yinda g'alaba qozondi.
Istomin musobaqada Jumxur va Donaldson kabi raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalgacha etib bordi. Afsuski, chorak finalda Xarrisonga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda tennischimiz jarohat sabab bahsni oxirigacha etkaza olmadi.
Turnir reglamentiga ko'ra chorak finalga etib kelgan tennischi 45 reyting ochkosi va 13 595 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo'ladi.
Istomin keyingi hafta Sidneyda bo'lib o'tadigan musobaqada ishtirok etishi lozim. Ammo, bugungi jarohatdan so'ng uning Sidneydagi ishtiroki so'roq ostida qoldi.
Istomin Brisbendagi turnirning chorak finalida kortga chiqdi
Fikrlar