05 jan 11:06
Yangiliklar
Tennis
Istomin Brisbendagi turnirning chorak finalida kortga chiqdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Brisbenda bo'lib o'tayotgan turnirda chorak final o'yinini o'tkazdi.
Aniqrog'i, hamyurtimiz ushbu o'yinni jarohat sabab oxirigacha etkaza olmadi.
Mazkur o'yinda hamyurtimizga amerikalik Rayan Xarrison raqiblik qilgandi. Afsuski, 1 soat 37 daqiqalik o'yindan so'ng Denis o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi.
Tennischimiz o'yinni davom ettira olmasligini malum qilganida tablodagi hisob 6:7, 2:4 ko'rinishida turgandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
...........................