28 okt 07:31
Yangiliklar
Tennis

Istomin Budapesht turnirida chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 64 ming evroni tashkil qiladi. Kecha hamyurtimiz ikkinchi davra uchrashuvida Norbert Gomboshga qarshi kortga chiqadi.
Slovakiyalik bu raketka ustasi dunyo reytingida 159-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 144-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz raqibini 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Bugun u chorak finalda belgiyalik Stiv Darsi bilan hisob-kitob qiladi. Stiv reytingda 115-o'rinni band etgan.
Malumot uchun, mazkur turnir g'olibi 9 200 evro mukofot puli hamda 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 5 400 evro hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar