29 okt 08:15
Yangiliklar
Tennis

Istomin Budapesht turniridagi ishtirokini jarohat sabab yakunladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan turnirning chorak finalida yurishini to'xtatdi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 64 ming evroni tashkil qiladi. Kecha hamyurtimiz chorak final uchrashuvida Stiv Darsiga qarshi kortga chiqdi.
Belgiyalik bu raketka ustasi dunyo reytingida 115-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 144-pog'onadan joy olgan. Tennischimiz birinchi setdan so'ng bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Ilk setda Stiv 6:2 hisobida zafar quchgandi.
Bunga hamyurtimizning oyog'idagi jarohati sabab bo'ldi. Aynan shu jarohat sababli u ikki hafta avval “Toshkent CHellenjeri” finalida ham mag'lubiyatga uchragan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar