26 okt 21:10
Yangiliklar
Tennis

Istomin Budapeshtdagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Vengriyaning Budapesht shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini boshladi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 64 ming evroni tashkil qiladi. Bundan bir necha daqiqa avval hamyurtimiz ilk davrada Daniel Brandsga qarshi kortga chiqdi.
Taqqoslash uchun, germaniyalik bu raketka ustasi dunyo reytingida 148, Istomin esa 144-pog'onadan joy olgandi. Ikki set davom etgan uchrashuvda tennischimiz raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:2, 6:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Mazkur turnir g'olibi 9 200 evro mukofot puli hamda 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 5 400 evro hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar