24 okt 11:00
Yangiliklar
Tennis

Istomin Budapeshtdagi turnirda, ilk raqib malum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun Vengriyaning Budapesht shahrida asosiy to'r bahslari start olgan turnirda ishtirok etadi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 64 ming evroni tashkil qiladi. Hamyurtimiz qura natijasiga ko'ra ilk davrada Daniel Brandsga qarshi kortga chiqadi.
Germaniyalik bu raketka ustasi dunyo reytingida 148-o'rinni egallab turibdi. Istomin esa 144-pog'onadan joy olgan. Denis Budapesht turnirining ettinchi raketkasi xisoblanadi. Hamyurtimiz juftliklar musobaqasida ishtirok etmaydi.
Mazkur turnir g'olibi 9 200 evro mukofot puli hamda 100 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 5 400 evro hamda 60 reyting ochkosini o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar