13 fev 14:03
Yangiliklar
Tennis

Istomin bugun g'alaba qozonsa boshqa bir amerikalik tennischiga qarshi o'ynaydi
Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin bugun Nyu-Yorkdagi musobaqada kortga chiqadi.
Mazkur bahsda tennischimizga amerikalik Makkenzi Makdonald raqiblik qiladi.
Ushbu uchrashuvda g'alaba qozongan tennischi keyingi bosqichda kimga qarshi kortga chiqishi malum bo'ldi. Unga ko'ra navbatdagi bosqichdagi raqib amerikalik boshqa bir tennischi Reylli Opelka bo'ladi. U ilk davrada franciyalik Adrian Mannarinoni 2:6, 7:6, 6:4 hisoblarida mag'lub etdi.
Istomin ishtirokidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar