22 sen 15:59
Yangiliklar
Tennis

Istomin bugun g'alaba qozonsa o'zi uchun 24 520 evro hamda 90 reyting ochkosini naqd qiladi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Franciyaning Metc shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Sportchimiz bungacha ikki nafar raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalgacha etib keldi. Turnir reglamentiga binoan musobaqaning chorak finalida ishtirok etgan tennischilar 13 970 evro hamda 45 reyting ochkosiga ega bo'ladilar.
Agar Denis bugun yarim final yo'llanmasini hal qila olsa, o'zi uchun 24 520 evro hamda 90 reyting ochkosini naqd qilib oladi.
Eslatib o'tamiz, bugun u yarim final yo'llanmasi uchun gruziyalik Nikolaz Basilashviliga qarshi kortga chiqadi. 22:30 dan so'ng boshlanadigan bahsda vakilimizga omad tilab qolamiz. Malumot uchun, Istomin bungacha dunyoning 64-raqamli tennischis hisoblanadigan Basilashviliga qarshi o'yin o'tkazmagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar