02 okt 11:19
Yangiliklar
Tennis

Istomin chempion bo'lganidan so'ng nimalar dedi?
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin CHendudagi turnirda bosh mukofot egasiga aylandi.
U final bahsidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Markos tushgan vaziyatni judayam yaxshi tushanaman. Ahir o'zim ham ko'p marotaba bundan holga tushganman. Bagdatis bilan aloqalarimiz do'stona. SHu sababdan ham, uning yiqilib tushganini ko'rishim bilan oldiga shoshdim. Albatta, sovrin yutishni istagandim. Ammo, bunday yo'l bilan emas. Umid qilamanki, Markos mavsum tugaguncha hali o'ynay oladi.
Bugun o'zimni juda yaxshi his qildim. Hozir mavsum startidagidek holatdaman. Yaqin oradagi rejalarim: Toshkentdagi "CHellenjer"da qatnashish, shuningdek Stokgolm, Bazel va Parijdagi musobaqalarda ishtirok etish. Yilni yuqori notada tugatishga harakat qilaman", - deydi Istomin.
Havola :
Manba : АТР
Fikrlar