25 iyu 14:11
Yangiliklar
Tennis

Istomin chempionlik vakolatini Kuevas yoki Jonsonga topshiradi
Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida yakuniga etib borayotgan nufuzli tennis turnirida yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
O'tgan yili ushbu turnirda hamyurtimiz Denis Istomin bosh mukofotni qo'lga kiritgandi. Endi chempionlik vakolati urugvaylik Pablo Kuevas yoki amerikalik Stiv Jonsonga o'tadi.
Aynan mana shu ikki raketka ustasi final chiptasini qo'lga kiritishdi. Istomin ilk davradayoq mag'lubiyatga uchrab, turnirni muddatidan ancha avval tark etgandi.
1/2 FINALA
Pablo Kuevas (Urugvay) – Jil Myuller (Lyuksemburg) – 3:6, 7:6, 6:4
Stiv Jonson (AQSH) – Andreas Seppi (Italiya) – 6:4, 6:4
Havola :
Fikrlar