15 okt 13:43
Yangiliklar

Istomin chempionlikni himoya qila olmadi, Kravchuk yangi chempion!
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning yakkalik bahslaridagi hal qiluvchi final uchrashuvida hamyurtimiz Denis Istomin chempionlik unvonini himoya qilishga urinib ko'rdi.
Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi bosh mukofot uchun bahsda rossiyalik Konstantin Kravchukka 5:7, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu bilan Denis “Toshkent CHellenjer” turnirining 3 karra g'olibi bo'lish imkoniyatidan foydalana olmadi.
Bunga qaysidir manoda birinchi setda belidan olingan kichik jarohat ham sabab bo'ldi. Qolaversa, Istomin kecha bir yo'la 3ta uchrashuv o'tkazgan edi. 31 yoshli Kravchuk dunyo reytingida 102, 30 yoshli Istomin esa 125-pog'onadan joy olgan.
Fikrlar