27 sen 14:16
Yangiliklar

Istomin CHenduda dunyoning 32-raketkasini mag'lub etdi
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 1 million dollardan oshadi. Hamyurtimiz ilk bosqichda dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turgan Yan-Lennard SHtruffni 6:3, 7:6 hisobida mag'lub etgandi.
Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi davra uchrashuvida Istomin turnirda uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Karen Xachanovdan ham ustun keldi. Bir soatu 6 daqiqa davom etgan bahsda Denis kuchli raqibini 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Endi Istomin yarim finalga chiqish uchun Edmun - Donaldson bahsi g'olibiga qarshi kortga chiqadi. Denis dunyo reytingida 78, Karen esa
32-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uchrashishmagandi. Bugun
ularning ilk to'qnashuvi bo'ldi va unda hamyurtimiz g'alabaga erishdi.
Fikrlar