06 sen 07:31
Yangiliklar
Tennis
Istomin CHikagodagi turnir yakkaligini g'alaba bilan boshladi
AQSHning CHikago shahrida mukofot jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa davom etmoqda.
Ushbu “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi juftlik bahslaridagi mag'lubiyatdan so'ng bor etiborini yakkalikdagi ishtirokiga qaratgan.
Istomin musobaqaning ikkinchi raketkasi sifatida saralangan bo'lib, bugun tong saharda ilk davra uchrashuvini o'tkazdi. Denis salvadorlik Marselo Arevaloga qarshi kortga chiqib, raqibini 63 daqiqa davom etgan bahsda 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Taqqoslash uchun, Denis jahon reytingida 76, Marselo esa 146-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar