08 sen 07:37
Yangiliklar
Istomin CHikagodagi turnirda yarim finalga chiqdi
Ushbu “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirda hamyurtimiz Denis Istomin ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti. Mamlakatimizning birinchi raketkasi yakkalik bahslarining chorak finalida belgiyalik Rubin Bemelmansga qarshi kortga chiqdi.
Musobaqada ikkinchi raqam ostida harakat qilayotgan Istomin turnirning oltinchi raketkasi bo'lgan Bemelmansni 1 soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Denis dunyo reytingida 76, Ruben esa 128-o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha o'zaro ikki bor to'qnash kelishgan edi. Uchrashuvlarning birida Istomin, ikkinchisida Bemelmans zafar quchgandi. Bugungi g'alabasi evaziga Denis shu yilning 10 fevral kuni Rotterdamm (Gollandiya) shahridagi mag'lubiyati uchun revansh oldi.
Fikrlar