05 sen 08:37
Yangiliklar
Tennis
Istomin CHikagodagi turnirning juftlik bahsida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning CHikago shahrida o'tkazilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Ushbu "CHellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Bizning vaqt bilan bugun tong saharda hamyurtimiz CHikago turnirining juftlik bahslarida kortga chiqdi.
Afsuski, franciyalik Xyugo Nis bilan juftlik xosil qilgan Istomin 1 soatu 9 daqiqa davom etgan 1/8 final uchrashuvida Markos Xiron hamda Tan Son Kvyatovski tandemiga 6:2, 4:6, katta tay-brekda 4:10 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xiron va Kvyatovski asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilganligini takidlash joiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar