28 sen 08:46
Yangiliklar
Tennis

Istomin chorak finalda dunyoning 58-raketkasiga qarshi kortga chiqadi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Xitoyning CHendu shahri mezbonlik qilayotgan turnirda o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 1 million dollardan oshadi. Hamyurtimiz ertaga chorak final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi dunyoning 58-raketkasi amerikalik Jared Donaldson bo'ladi.
Malumot uchun, tennischilar shu kungacha bir marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. Istomin shu yilning may oyida Madriddagi turnirda Donaldsonni 7:6, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.
Eslatib o'tamiz, Denis Istomin ilk bosqichda dunyo reytingida 47-o'rinni egallab turgan Yan-Lennard SHtruffni 6:3, 7:6, ikkinchi davrada turnirda uchinchi raqam ostida saralangan rossiyalik Karen Xachanovni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar