16 jan 10:45
Yangiliklar
Tennis

Istomin chorak finalgacha reytingda 41-o'rindan yuqori tennischilarga qarshi o'ynamaydi
Turnir tarixida ilk marotaba turnir setkasining bir qismida saralangan tennischilar birinchi bosqichdayoq yutqazib qo'yishdi.
Birinchi bosqichda Jek Sok, Kevin Anderson, Lyuk Puye va Filipp Kolshrayberlar yutqazishdi.
SHu tariqa, musobaqaning ushbu setkasida saralanmagan tennischilar qoldi. Ular orasida eng yuqorisi yaponiyalik Yuichi Sugitadir. U reytingda 41-o'rinda turibdi. Hamyurtimiz Denis Istomin ham ushbu setkadan o'rin olgan.
Undan tashqari quyidagi tennischilar ham chorak finalgacha saralangan sportchilarga to'qnash kelmaydilar: Kayl Edmund, Ruben Bemelmans, Yosixito Nisioka, Andreas Seppi, Ivo Karlovichlar o'rin olganlar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar