12 avg 09:00
Yangiliklar
Tennis

Istomin Cincinattidagi turnir saralashida, ilk raqib malum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin AQSHning Cincinatti shahrida start olgan “Masters” seriyasiga kiruvchi turnirning saralash bahslarida ishtirok etadi.
Hamyurtimiz saralash turnirida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan. Qura natijasiga ko'ra, Istomin ilk davrada amerikalik Makkenzi Makdonaldga qarshi kortga chiqadi.
Taqqoslash uchun, Denis
Istomin dunyo reytingida 82, 22 yoshli Makkenzi esa 207-o'rinni egallab turibdi. Agar
Denis raqibini mag'lub eta olsa, saralashning final uchrashuvida ukrainalik Aleksandr
Dolgopolov hamda amerikalik Reylli Opelka bahsi g'olib bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar