03 jan 08:47
Yangiliklar

Istomin - Donaldson uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi
Xabar berganimizdek, turnirda ishtirok etayotgan mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin kecha ilk davra uchrashuvida musobaqaning ettinchi raqamli tennischisi bosniyalik Damir Jumxurni 6:7, 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Endi hamyurtimiz ikkinchi davra bahsini ertaga Toshkent vaqti bilan ertalab soat 07:00da o'tkazadi. Uning raqibi amerikalik Jared Donaldson bo'ladi. Tennischilar shu kungacha ikki bor to'qnash kelishgan va har ikki uchrashuvda ham Istominning qo'li baland kelgan.
Taqqoslash uchun, Jared Donaldson dunyo reytingida 54-o'rinni egallab turibdi. Denis Istomin 63-pog'onadan joy olgan. Kecha tennischimiz mag'lub etgan Damir Jumxur esa ATP reytingida 30-o'rinni band etgan.
Fikrlar