28 fev 07:56
Yangiliklar
Tennis

Istomin “Dubai Duty Free Tennis Championshps”da kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning yakkalik bahslarida kortga chiqdi.
Mukofot jamg'armasi 3,057,135 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnir ATP 500 seriyali musobaqa hisoblanadi. Hamyurtimiz musobaqaning ilk davrasida rossiyalik Karen Xachanov bilan to'qnash keldi. Dramatik ruhda kechgan har ikki set g'olibi tay-breklarda aniqlandi va unda Xachanov g'alabaga erishdi.
Malumot uchun, Denis Istomin bugungi kunda dunyo reytingida 81-o'rinni egallab turibdi. Karen Xachanov esa 41-pog'onadan joy olgan. Tennischilar bungacha o'zaro bir marotaba to'qnash kelishgandi. 2017 yili CHennayda o'tkazilgan musobaqada Istomin raqibini 6:3, 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar