27 fev 15:43
Yangiliklar
Tennis

Istomin Dubay turnirining asosiy bosqichiga yo'llanma oldi
Birinchi raqamli tennischimiz Denis Istomin Dubayda kecha saralash bosqichidagi hal qiluvchi bahsda kortga chiqishi lozim edi.
Ammo, yomg'ir sababli ushbu o'yin kecha emas, bugun o'tkazildi.
Unda sportchimiz vengriyalik Martin Fusovichga qarshi kortga chiqdi.
Ushbu bahsda tennischimiz 6:1, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va asosiy to'rga yo'llanma oldi. Endi u birinchi bosqichda gollandiyalik Robin Xaasga qarshi bahs yuritadi. Takidlab o'tish lozimki, ayni paytda tennischimiz reytingda 68-o'rinni, raqib esa 66-o'rinni egallab turibdi.
Taqqoslash uchun, tennischilar o'zaro ikki marotaba to'qnash kelganlar: ulardan ikkichida ham gollandiyalik sportchining qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar