So’nggi yangiliklar

18:44Конор Макгрегор: "Холлоуэй UFC тарихидаги энг калтакланган шахс" 0 18:18“Манчестер Сити” рекорд хариди бўлган Эллиот Андерсон дебют ўйинида жароҳат олди 0 17:50Карлос Пратес UFC 334 турнирида Махачев билан жанг қилмоқчи эканлигига ишора қилди 0 17:18Пэдди Пимблетт: "Яхшиям Махачев энди менинг дивизионимда йўқ" 0 16:47FIDE Россия терма жамоасининг Самарқанд Олимпиадасидаги иштироки бўйича якуний қарорини эълон қилди 0 16:21“Барселона” Левандовски кетганидан сўнг ҳужумчи масаласида кутилмаган ечим топди 0 15:57Европанинг энг яхши аёл жангчиси UFC’да дебют қилади 0 15:30Умар Нурмагомедов: "Хабибнинг укаси бўлиб туғилганим менинг айбим эмас" 0 15:26“Лугано” ихтиёрига етиб борган Беҳруз Каримов фотосессияда иштирок этди + ФОТО 0 15:06Формула-1. Ландо Норрис — Нидерландия Гран-приси ғолиби! 0 14:38"Барселона"нинг асосий футболчиси мавсумнинг биринчи расмий ўйинида жароҳат олди 0 14:15"Фақат у мени ожиз ҳис қилдирган" — UFC афсонаси Хабибга қарши жанг ҳақида 0 13:42Дана Уайт: "Йен Гэррида Махачев билан жанг қилиш имконияти бошқа ҳеч қачон бўлмайди" 0 13:14Жошуанинг менежери жангни ташкил этиш кечикаётгани учун Яқин Шарқ ташкилотчиларини айблади 0 12:47Марадона "Худонинг қўли" билан гол урган тўп аукционда дахшатли суммага сотилди 0

01 fev 09:02
Yangiliklar

Tennis

Istomin faoliyatini yakunlayaptimi?

Teglar :  Denis Istomin
Denis Istomin Olamsport.com sayti muxbiriga qisqa intervyu berdi.

U 2-3 fevral kunlari "Devis kubogi" doirasida O'zbekiston terma jamoasini Polshaga qarshi o'yinda sardor sifatida boshqaradi.

Tennischi mazkur o'yinlar oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Uchrashuv oldidan fikrlaringiz qanday? Polsha tarkibi va o'yinchilar holati?

"Ha, Polsha juda jiddiy jamoa. Ulardagi birinchi raqamli tennschi dunyo reytingida top-10da turadi. Biz uchun juda qiyin o'yin. Lekin biz o'z yigitlarimizga va kuchimizga ishonamiz. Va aytishganidek: "o'z uyingda devorlar ham yordam beradi". G'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz".

- Jamoaning so'nggi o'yinlarida sardor sifatida boshlab chiqdingiz. Bu safar ham kapitan rolidamisiz?

"Bu hozircha sir bo'lib qoladi".

- O'z faoliyatingiz haqida nima deya olasiz? Bo'lajak turnirlar haqida

"Yo'q, men hali rasman bo'lmasa-da, faoliyatimni yakunladim. "Devis kubogi"da ham o'ynasam, bu mening so'nggi o'yinlarim bo'ladi".

- O'zbekiston terma jamoasi tarkibi haqida nima deya olasiz?

"Yigitlar tayyor. Sergey Fomin Turkiyada o'zining shaxsiy murabbiyi bilan shug'ullandi. Mavsum oldidan 2,5 oy mashg'ulot o'tkazdi. Humoyun Germaniyada mashg'ulot qilib, keyin Qatarda ikkita turnirda ishtirok etdi va birida chempion, ikkinchisida vice-chempion bo'ldi. Ularning ikkisi ham yaxshi formada. Bundan tashqari, ikki yosh tennischimiz ham (SHin, Milushev) Turkiyada shug'ullandi. Hamma formada va o'yinga tayyor", - dedi Istomin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing