27 sen 15:45
Yangiliklar
Tennis

Istomin g'alabasi orqali 29 815 dollar va 45 reyting ochkosini o'ziga naqd qildi
Tennischimiz Denis Istomin Xitoyning CHendu shahrida bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etmoqda.
Denis turnirda ikki raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak final ishtirokchisiga aylandi. Turnir reglamentiga ko'ra, turnir chorak finalchilari o'z hisoblariga 29 815 AQSH dollari hamda 45 ochkoni qo'lga kiritadilar.
Agar Istomin chorak finalda g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l olsa 52 335 AQSH dollari hamda 90 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'yadi.
Turnir g'olibi 183 435 AQSH dollari hamda 250 reyting ochkosi egasiga aylanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar