17 iyu 08:15
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/242_220.jpg)
Istomin Galle turniridagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin Germaniyaning Galle shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini batamom yakunladi.
Yakkalik musobaqasining saralash bahslaridayoq mag'lubiyatga uchragan hamyurtimiz juftliklar bellashuvida chorak finalga qadar etib keldi.
Amerikalik Brayan Beker bilan juftlik hosil qilgan hamyurtimiz polshalik Lukash Kubot hamda avstriyalik Aleksandr Peyya tandemiga 2:6, 6:2, tay-brekda 9:11 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Istomin va Beker birinchi davrada Andreas Seppi va Joao Souza tandemini 7:6, 6:4 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar