19 iyu 07:45
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/14476_220.jpg)
Istomin Galle turnirining saralash bahslarida kortga chiqdi
Bugun Germaniyaning Galle shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
CHim qoplamali kortlarda o'tkazilayotgan musobaqaning saralash bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin ham ishtirok etdi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk davrasidayoq mag'lubiyatga uchrab, turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Saralashda ikkinchi raqam ostida tasniflangan Istomin mezbonlar vakili Maksimilyan Martererga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 37 daqiqa davom etgan uchrashuvda Istomin raqibiga tay-breklarda 6:7(5), 6:7(3) hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 74, Maksimilyan Merterer esa 124-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar