16 iyu 21:14
Yangiliklar
Tennis

Istomin Galleda birinchi raketkani mag'lub etdi
Germaniyaning Galle shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATR-500 toifasidagi musobaqaning saralash bahslari boshlandi.
Hozirgina mamlakatimizning birinchi raketkasi saralashning ilk bosqich uchrashuvini o'tkazdi. Istomin saralashning birinchi raqamli tennischisi franciyalik Jil Simonga qarshi kortga chiqdi.
Dramatik kechgan va 2 soatu 38 daqiqa davom etgan uchrashuvda Denis kuchli raqibini 4:6, 7:6(9:7), 7:6(7:5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi va saralashning hal qiluvchi final bahsiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida roppa-rosa 100, Simon esa 55-o'rinni egallab turibdi. Simon SHtutgartdagi turnirning ikkinchi davrasida ispaniyalik Felisiano Lopesga yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar