28 iyu 19:36
Yangiliklar
Tennis

Istomin Gshtaad turniridagi uchinchi o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Gshtaad turnirida navbatdagi o'yinini o'tkazdi.
Bungacha ikki raqibini mag'lubiyatga uchratgan vakilimiz yarim finalga chiqish uchun turnirning ikkinchi raqamli raketkasi, ispaniyalik Robert Bautista-Agutga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 21 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 3:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa Denis Gshtaaddagi turnirdan 45 ochko va 13 970 evro mukofot puli bilan qaytadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar