26 iyu 17:42
Yangiliklar
Tennis

Istomin Gshtaaddagi turnirda ikkinchi o'yinida ham g'alaba qozondi
SHveycariyaning Gshtaad shahrida sovrin jamg'armasi 540,310 evroni tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
Ushbu musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin ham ishtirok etmoqda.
Sportchimiz ilk bosqichda italiyalik Lorenco Justinoni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun esa u germaniyalik Dastin Braunga qarshi kortga chiqdi. 41 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 113-raqamli raketka hisoblangan raqibini 6:3, 6:1 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi u chorak finalda Bautista Agut/Saxarov o'yini g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar