23 iyu 11:30
Yangiliklar
Tennis

Istomin Gshtaaddagi turnirda, ilk raqib nomalum
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin SHveycariyaning Gshtaad shahri mezbonlik qiladigan nufuzli turnirda ishtirok etadi.
Hamyurtimiz to'g'ridan-to'g'ri Swiss Open Gstaad turnirining yakkalik bahslari asosiy to'rida kortga chiqadi. Istominning raqibi saralash musobaqasi g'oliblaridan biri bo'ladi.
Musobaqaning sovrin
jamg'armasi 540,310 evroni tashkil qiladi. Turnir g'olibi 85,945 evro mukofot puli
hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Birinchi bosqichda qatnashgan har bir
tennischi o'z hamyonini 4,875 evroga boyitib oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar