04 iyu 13:30
Yangiliklar
Tennis
Istomin ishtirokidagi o'yinda to'p 217km/s tezlikda odamga borib urildi (VIDEO)
Kecha o'zbekistonlik tennischi Denis Istomin "Uimbldon"da avstraliyalik Nik Kirosga qarshi o'yin o'tkazdi.
O'yin davomida Nik Kirosning bergan zarbasi to'p tashuvchi qizlardan biriga katta tezlikda borib tegdi.
"Ovozni eshitganimda to'p tabloga borib tegdi deb o'yladim. Ammo, keyin u to'p olib beruvchi qizlardan birining qo'liga tekkanini tushundim. U yig'ladi, lekin chempionlarga xos tarzda o'zini bosib turdi. Men ham bunday vaziyatda yig'lab yuborgan bo'lardim", - dedi Kiros.
Malum bo'lishicha, to'p 217kg/s tezlikda qizning qo'liga borib tekkan.
Eslatib o'tamiz, ushbu o'yinda hamyurtimiz 6:7(3), 6:7(4), 7:6 (5), 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar