09 sen 07:15
Yangiliklar
Tennis

Istomin Jenovadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Italiyaning Jenova shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 106 ming 500 evroni tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Turnirning oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz dastlabki ikkita uchrashuvda g'alaba qozonib, chorak finalga yo'llanma oldi.
Denis avvaliga hindistonlik Ramkumar Ramanattanni 6:3, 6:4 hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi davrada esa serbiyalik Danilo Petrovichni musobaqadan chiqarib yubordi.
Birinchi set 4:6 hisobi bilan serb tennischisi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi setda Istomin 6:3 hisobida zafar quchdi. Hal qiluvchi uchinchi setning uchinchi geymidan so'ng Petrovich bahsni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu vaqtga kelib hamyurtimiz 3:0 hisobida oldinga chiqib olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar