10 sen 07:05
Yangiliklar
Tennis

Istomin Jenovadagi turnirda yarim finalga chiqa olmadi
Italiyaning Jenova shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 106 ming 500 evroni tashkil qiluvchi turnir davom etmoqda.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ham ishtirok etyapti. Turnirning oltinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz dastlabki ikkita uchrashuvda g'alaba qozonib, chorak finalga yo'llanma olgandi.
Afsuski, yarim final chiptasi uchun kechgan bahsda Istomin ispaniyalik Nikolas Almagroga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Birinchi setni 2:6 hisobida yutqazgan hamyurtimiz ikkinchi setda tay-brekda mag'lubiyatga uchradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar