24 noy 09:55
Yangiliklar
Tennis

Istomin juftliklar musobaqasida yarim finalga chiqdi
Qozog'istonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining juftliklar bahsida xuddi yakkalikda bo'lgani kabi hamyurtimiz Denis Istomin muvaffaqiyatli odimlamoqda.
Rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem xosil qilgan mamlakatimizning birinchi raketkasi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Istomin va Elgin chorak finalda yaponiyalik Yuuya Kibi hamda koreyalik Sun-Vu Kvonni 6:4, 6:1 hisobida mag'lub etishdi.
Bugun ular final chiptasi uchun Xitoy Taypeyi vakili Ti CHen va xorvatiyalik Ante Pavichga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar