21 noy 10:30
Yangiliklar
Istomin, Karimov, Ismoilov, Fayziev “Astana CHellenjer”ida
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida bir yo'la to'rt nafar tennischimiz ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazadi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Denis Istomin ushbu musobaqada ikkinchi raqam ostida harakat qiladi.
Hamyurtimiz ertaga ilk davra uchrashuvida chexiyalik Robin SHtanekka qarshi kortga chiqadi. Istomin juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan tandem hosil qilgan.
Istedodli tennischimiz Jo'rabek Karimov asosiy to'r bahslariga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan bo'lib, birinchi bosqichda germaniyalik Daniel Masurga qarshi bahs olib boradi.
Saralash bahslari orqali asosiy to'rga yo'llanma olgan Temur Ismoilov qozog'istonlik Timur Xabibulinni sinovdan o'tkazadi. Terma jamoamiz azosi Sanjar Fayziev esa hindistonlik Sasi Kumar Mukund bilan to'qnash keladi.
Fikrlar